35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Davlat kadastrlari to‘g‘risidagi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalari joyida o‘rganildi
янв.21
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahalladagi qurilish ishlari joyida o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi xavfli daraxt holati joyida o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi yo‘l infratuzilmasi masalalari joyida o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi infratuzilma masalalari joyida o‘rganildi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
Deputatlik nazorati amalda: Elektr ta’minoti korxonasi faoliyati o‘rganildi

Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, 14-"Bog‘zor" saylov okrugidan saylangan deputat O.Sharofitdinova, 19-"Ma'rifat" saylov okrugidan saylangan deputat A.Mustafakulov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov Termiz shahar Elektr ta’minoti korxonasida bo‘lib, korxona faoliyati yuzasidan nazorat-tahlil tadbirini o‘tkazdilar.

⚖ O‘rganish davomida korxona boshlig‘i Sh.Achilov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi "Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida"gi O‘RQ–940-son Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, energiya samaradorligini oshirish, elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish hamda iste'molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

☀ Bugungi anomal issiq ob-havo sharoitida elektr energiyasiga bo‘lgan talabning keskin ortishi, tarmoqlardagi yuklamalarni muvozanatda ushlab turish, avariya holatlarining oldini olish, transformator punktlari va elektr uzatish tarmoqlarining texnik holati, shuningdek, tezkor avariya brigadalari faoliyati alohida muhokama qilindi.

📑 Shuningdek, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar tahlil qilinib, ularni qonunchilikda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish, elektr ta’minotidagi mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish hamda aholi bilan ochiq muloqotni yanada kuchaytirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

💬 Muloqot davomida energiya resurslaridan oqilona foydalanish madaniyatini keng targ‘ib etish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda sohaga oid qonun hujjatlari ijrosini yanada kuchaytirish yuzasidan mas'ul xodimlarning fikr va takliflari tinglandi.

✅ Nazorat tadbiri yakunida aniqlangan holatlar bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi hamda deputatlar tomonidan aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlash, qonun hujjatlarining to‘liq ijrosini ta'minlash va fuqarolar manfaatlarini himoya qilish deputatlik nazoratining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani alohida ta'kidlandi.

🤝 Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan deputatlarga biriktirilgan tashkilotlar bilan olib borilayotgan bunday amaliy hamkorlik qonunlar ijrosini ta'minlash, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va samaradorligini oshirish hamda aholining hayot sifatini yaxshilashga xizmat qilmoqda. 

Slide 1 of 2