O‘rganish davomida:
qurilish ishlarining borishi va loyiha asosida olib borilishi ko‘zdan kechirildi;
aholiga zamonaviy va qulay tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar baholandi;
qurilish ishlarining sifati hamda belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan mas’ullar bilan muhokama o‘tkazildi.
O‘rganish yakunida qurilish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, aholiga yanada qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari deputat nazoratida.