35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Davlat kadastrlari to‘g‘risidagi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalari joyida o‘rganildi
янв.21
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahalladagi qurilish ishlari joyida o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi xavfli daraxt holati joyida o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi yo‘l infratuzilmasi masalalari joyida o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi infratuzilma masalalari joyida o‘rganildi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
Deputat saylovchilarga axborot berdi

O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzodi ilgari surilib, 18-“Do‘stlik” saylov okrugidan saylangan deputat Mirabdullayev Mirzatilla Yuldashevich 2026-yilning ikkinchi chorak yakuni bilan amalga oshirgan ishlari yuzasidan tumanning “Fazogir” mahallasida saylovchilariga axborot berdi.
Yig‘ilishda Kengash kotibiyati xodimi N.Kurganova, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i M. Ashurov, “mahalla yettiligi” a’zolari va “Barraj” mahallasi aholi vakillari ishtirok etdilar.

Yig‘ilishni O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i M. Ashurov ochib berib,Deputat M.Mirabdullayev kun tartibidagi birinchi masala bo‘yicha axborotini berib, o‘tgan davr mobaynida aholidan kelib tushgan murojaatlar, muammolarni hal etish bo‘yicha amalga oshirgan ishlari, yuborilgan deputat so‘rovlari va erishilgan natijalar yuzasidan axborot berdi. Shu bilan birga, kelgusiga mo‘ljallagan rejalari bilan o‘rtoqlashdi. 

Yig‘ilish kun tartibining ikkinchi masalasi bo‘yicha O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i M.Ashurov so‘zga chiqib, xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligining hamkorlikda olib borayotgan ishlar, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot berdi hamda saylovchilar tomonidan bildirilgan takliflar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Slide 1 of 2