35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Davlat kadastrlari to‘g‘risidagi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalari joyida o‘rganildi
янв.21
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahalladagi qurilish ishlari joyida o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi xavfli daraxt holati joyida o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi yo‘l infratuzilmasi masalalari joyida o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi infratuzilma masalalari joyida o‘rganildi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASINI TA'MIRLASH UCHUN MABLAG‘ AJRATILDI

➡️ Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 2026-yil 7-iyuldagi III-22-64-14-204-K/26-son qaroriga muvofiq, deputat Fayzullayeva Malika Yarkunovna deputatlik faoliyatini olib borayotgan 1-Beshyog‘och saylov okrugi hududidagi Katta Olmazor mahallasi aholisi uchun muhim bo‘lgan ijtimoiy infratuzilma obyektlarini yanada yaxshilash maqsadida amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Mazkur qaror asosida Chilonzor tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tasarrufidagi 407-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti binosining eshik-rom qismini, ichki pardoz hamda elektr tizimini ta'mirlash ishlari uchun 1 milliard 10 million so‘m mablag‘ ajratildi.

Ajratilgan mablag‘ hisobidan amalga oshiriladigan ta'mirlash ishlari maktabgacha ta'lim tashkilotining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, bino infratuzilmasini zamon talablari asosida yangilash hamda tarbiyalanuvchilar uchun xavfsiz, qulay va zamonaviy ta'lim-tarbiya muhitini yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1