Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Davlat tili to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
"Tashabbusli budjet" loyihasi ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Milliy metrologiya markazining Qo‘qon filialida tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Milliy metrologiya markazining Qo‘qon filialida sertifikatlashtirish jarayonlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Milliy metrologiya institutining Qo‘qon filialida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Tashabbusli budjet" loyihasi ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahallada kuzatuv kameralari o‘rnatish holati o‘rganildi
«Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining №O‘RQ-394, Qonuniga asosan Bo‘rijar mahallasida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-394-son Qonuni hamda fuqarolarning murojaatlari ijrosini ta’minlash maqsadida hududdagi Bo‘rijar mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining 23-Yakkatut saylov okrugi deputati Sh.Shodmonovga biriktirilgan Kotibiyat mudiri L.Murotova tomonidan mahalladagi mavjud holat joyiga chiqib o‘rganildi hamda aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar tahlil qilindi.

O‘rganishlar davomida mahalladagi bolalar maydonchasi eskirgani va foydalanish uchun yaroqsiz holatga kelgani, shuningdek, bolalarning mazmunli dam olishi, bo‘sh vaqtini samarali tashkil etishi hamda sport bilan shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlar yetarli emasligi aniqlandi.

Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlarga taklif va tavsiyalar kiritish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi belgilandi.

Slide 1 of 6