Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Davlat tili to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
"Tashabbusli budjet" loyihasi ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Milliy metrologiya markazining Qo‘qon filialida tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Milliy metrologiya markazining Qo‘qon filialida sertifikatlashtirish jarayonlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Milliy metrologiya institutining Qo‘qon filialida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Tashabbusli budjet" loyihasi ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahallada kuzatuv kameralari o‘rnatish holati o‘rganildi
Milliy metrologiya institutining Qo‘qon filialida o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Azimovga biriktirilgan Milliy metrologiya instituti Qo‘qon filiali faoliyati yuzasidan Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida muassasa rahbariyati va mas’ul xodimlar bilan uchrashilib, tashkilot tomonidan metrologiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar hamda sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Xususan, tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan metrologik xizmatlar, o‘lchov vositalarini qiyoslash va kalibrlash jarayonlari, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi hamda xizmatlarning sifati va tezkorligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi.

Shuningdek, tadbirkorlar uchun yaratilgan qulayliklar, davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari, xizmatlarni raqamlashtirish, murojaatchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy mexanizmlar yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish jarayonida xizmatlar sifatini yanada oshirish, tadbirkorlarga qulay va shaffof xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish hamda murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 1