Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
7-oilaviy poliklinikada bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi ➡️ #24_ta_masala⬅️
янв.21
7-oilaviy poliklinikada yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Mahalla xavfsizligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilarga 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan axborot berdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida jamoat xavfsizligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar uchun yangi loyiha muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolar murojaati yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda
янв.21
"Yashil makon" hududidagi daraxtlar holati o‘rganildi
“Janubiy” MFYda “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi

“Janubiy” MFYda “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Poleshuk Natalya Valeryevna tomonidan Navoiy shahridagi “Janubiy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida faoliyat yuritayotgan “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi ijtimoiy holat quyidagicha qayd etildi:
kam ta’minlangan fuqarolar – 50 nafar;
“Ayollar daftari”ga kiritilganlar – 68 nafar ayol;
bandligi ta’minlanganlar – 6 nafar.

Shuningdek, “mahalla yettiligi” a’zolari tomonidan hududda aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy reyestrlar asosida manzilli yordam ko‘rsatish, bandlikni ta’minlash hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF–209-son Farmoni hamda mahalla institutini yanada takomillashtirish, “mahalla yettiligi” tizimi samaradorligini oshirish, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va bandlikni ta’minlashga qaratilgan tegishli farmon va qarorlar ijrosi doirasida amalga oshirildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli tavsiyalar berildi hamda “mahalla yettiligi” faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilab olindi.

Slide 1 of 1