Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallada elektr tarmoqlari holati o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi tadbirkorlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi va mahalladagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Uy-joy ta’mirlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga ijobiy javob taqdim etildi
янв.21
Mahallada jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Qaror ijrosi yuzasidan navbatdagi o‘rganish o‘tkazildi
XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYASI TOMONIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S.Samatov hamda Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L.Muqimovlar tomonidan tumandagi 1-son texnikumda o‘rganish ishlari olib borildi.

➡️O‘rganish davomida texnikum hududida ekilgan daraxt va manzarali o‘simliklarning parvarishi, ularni sug‘orish holati, yashil hududlarni saqlash va ko‘paytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

➡️Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 21-sentabrda qabul qilingan “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘RQ-409-son Qonuni (yangi tahrir) ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borilib, qonun talablariga muvofiq ravishda o‘simlik dunyosini asrash, yashil hududlarni kengaytirish, daraxt va butalarni parvarishlash hamda ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

➡️O‘rganish jarayonida texnikum hududidagi daraxt va o‘simliklarni muntazam sug‘orish, ularning parvarishini kuchaytirish, yashil hududlarni yanada kengaytirish hamda ekologik madaniyatni oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

➡️Ta’kidlanganidek, o‘simlik dunyosini muhofaza qilish, atrof-muhitni asrash va yashil makonlarni ko‘paytirish ekologik barqarorlikni ta’minlashning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Shu bois, mazkur qonun ijrosini ta’minlash va yashil hududlarni asrab-avaylash bo‘yicha tizimli ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 4