Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
7-oilaviy poliklinikada bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi ➡️ #24_ta_masala⬅️
янв.21
7-oilaviy poliklinikada yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Mahalla xavfsizligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilarga 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan axborot berdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida jamoat xavfsizligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar uchun yangi loyiha muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolar murojaati yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda
янв.21
"Yashil makon" hududidagi daraxtlar holati o‘rganildi
Mahalla xavfsizligini ta’minlash masalasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati I.Fayzullayev tomonidan "Saodat" mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla hududida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda fuqarolar uchun xavfsiz muhit yaratish maqsadida mahallaning kirish va chiqish qismlarini zamonaviy videokuzatuv kameralari bilan ta’minlash masalasi muhokama qilindi.

Xususan, mavjud videokuzatuv tizimlarining ishlash holati, ularning qamrov darajasi hamda qo‘shimcha kameralar o‘rnatilishi zarur bo‘lgan hududlar joyiga chiqib o‘rganildi. Shuningdek, kuzatuv tizimlarini yanada takomillashtirish orqali jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish samaradorligini oshirish yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida mahalla hududini videokuzatuv kameralari bilan to‘liq qamrab olish, xavfsizlik infratuzilmasini mustahkamlash hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ushbu yo‘nalishdagi ishlarni jadallashtirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Uchrashuv va o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Nosirov hamda Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Adhamovlar tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3