Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Dexkanov tomonidan o‘zining "G‘ishtli masjid" saylov okrugi hududidagi mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv hamda o‘rganish ishlari olib borildi.
Uchrashuv va o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mutaxassislari X.Abdullayev va A.Adhamov ishtirok etib, o‘rganish ishlarini tashkil etishda ko‘maklashdilar.
O‘rganish davomida mahalla fuqarolar yig‘ini raisining faoliyati, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi, hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari hamda mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yo‘nalishida olib borilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.
Shuningdek, "mahalla yettiligi" hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlar, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, hudud infratuzilmasini rivojlantirish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan atroflicha fikr almashildi.
Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularning yechimi bo‘yicha tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi hamda mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish yuzasidan vazifalar belgilandi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi