Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Uzumzor” mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda soliq ma’muriyatchiligi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
Tadbirkorlik subyektlarida yangi soliq tartiblari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahalliy byudjet daromadlari ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Hududiy dasturlar ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Soliq tizimidagi islohotlar yuzasidan amaliy o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Soliq inspeksiyasida mahalliy byudjet ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
deputat axboroti

Uchrashuv Shayxontohur tumanidagi “Labzak” mahalla fuqarolar yigʻini hududida tashkil etildi. Uchrashuvda tuman masʼullari, mahalla fuqarolar yigʻini raisi, faollari va saylovchilar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda deputat Sh.Maxmudov 2026-yilning birinchi choragi yakuni boʻyicha saylov okrugida amalga oshirilgan ishlar, aholi murojaatlari va kelgusi rejalar yuzasidan saylovchilarga axborot taqdim etdi.
Xususan, deputat tomonidan aholini qiynayotgan dolzarb masalalarni hal etish, hududdagi ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda yoshlar va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil maʼlumot berildi.
Shuningdek, uchrashuvda saylovchilar tomonidan mahallada obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha koʻtarilgan muammo va takliflar tinglanib, ularni bosqichma-bosqich hal etish boʻyicha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishi taʼkidlandi.
Uchrashuv yakunida deputat Sh.Maxmudov aholi manfaatlarini himoya qilish oʻz faoliyatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekanligini qayd etdi.

Slide 1 of 2