Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Uzumzor” mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda soliq ma’muriyatchiligi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
Tadbirkorlik subyektlarida yangi soliq tartiblari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahalliy byudjet daromadlari ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Hududiy dasturlar ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Soliq tizimidagi islohotlar yuzasidan amaliy o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Soliq inspeksiyasida mahalliy byudjet ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
Mahallada giyohvandlikka qarshi targʻibot tadbiri oʻtkazildi

Mahallada giyohvandlikka qarshi targʻibot tadbiri oʻtkazildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi raisi Bazarov Baxtiyor Yaxshilikovich ishtirokida mahallada giyohvandlik va narkotik moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish, shuningdek, sogʻlom turmush tarzini targʻib etishga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbir davomida giyohvandlikning inson salomatligi, oila va jamiyat hayotiga salbiy taʼsiri, ayniqsa, yoshlarni ushbu illatdan asrash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda sogʻlom turmush tarziga rioya etishning ahamiyati haqida keng tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, mahalla aholisi ishtirokida tashkil etilgan tibbiy koʻrik jarayoni koʻzdan kechirildi. Fuqarolarning salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash va profilaktik tadbirlarni kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan masʼullar bilan fikr almashildi.

Tadbir yakunida sogʻlom va xavfsiz muhitni shakllantirish, aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish hamda giyohvandlikka qarshi kurashish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish zarurligi taʼkidlandi.

Slide 1 of 3