Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Uzumzor” mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda soliq ma’muriyatchiligi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
Tadbirkorlik subyektlarida yangi soliq tartiblari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahalliy byudjet daromadlari ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Hududiy dasturlar ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Soliq tizimidagi islohotlar yuzasidan amaliy o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Soliq inspeksiyasida mahalliy byudjet ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILMOQDA.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 3-“Bog‘bon” saylov okrugidan saylangan deputat To‘layev Eldor Zafaritdin o‘g‘li o‘zi saylangan hududdagi “Qayilma” mahallasida bo‘lib, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish olib bordi.O‘rganish davomida mahalla hududidagi 34-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi hududidan o‘tuvchi, “Tong” va “Qo‘rg‘oncha” ko‘chalarini tutashtiruvchi piyodalar yo‘lagi maktab ma’muriyati tomonidan yopib qo‘yilgani sababli aholi o‘rtasida tushunmovchiliklar yuzaga kelayotgani aniqlandi.Deputat tomonidan holat atroflicha o‘rganilib, murojaat o‘ziga biriktirilgan nazorat daftariga kiritildi. Shuningdek, maktab ma’muriyati bilan suhbat o‘tkazilib, yo‘lakning yopilish sabablari va mavjud holatga aniqlik kiritildi. Masalaning qonuniy hamda aholi manfaatlarini inobatga olgan holda yechim topish maqsadida tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.Fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish
deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu boradagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.
  

Slide 1 of 4