Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Uzumzor” mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda soliq ma’muriyatchiligi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
Tadbirkorlik subyektlarida yangi soliq tartiblari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahalliy byudjet daromadlari ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Hududiy dasturlar ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Soliq tizimidagi islohotlar yuzasidan amaliy o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Soliq inspeksiyasida mahalliy byudjet ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat N.Nadirova tomonidan o‘ziga biriktilgan O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini bo‘yicha tuman Madaniyat bo‘limida ishlab chiqilgan savolnomalar asosida o‘rganish o‘tkazildi.

🔺O‘rganish jarayonida madaniyat muassasalari faoliyatini qonun talablari asosida tashkil etish, aholiga madaniy xizmatlar ko‘rsatish sifati, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib qilish, yoshlarni madaniyat va san’atga keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔺Shuningdek, to‘garaklar va havaskorlik jamoalari faoliyati, ularning moddiy-texnik bazasi, xodimlarning mehnat faoliyati uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda aholiga xizmat ko‘rsatish samaradorligi o‘rganildi. Muassasalarda madaniy tadbirlarni rejalashtirish va o‘tkazish, aholining turli qatlamlarini qamrab olish, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni madaniy jarayonlarga jalb etish holatiga alohida e’tibor qaratildi.

🔺Deputat tomonidan madaniyat muassasalarida davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishi, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi, madaniy merosni asrash va targ‘ib qilishga qaratilgan chora-tadbirlar ham ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, mavjud infratuzilmadan samarali foydalanish, to‘garaklar faoliyatini kengaytirish va aholi uchun madaniy xizmatlar qamrovini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

🔺O‘rganish davomida ayrim yo‘nalishlarda takomillashtirishni talab etadigan masalalar aniqlanib, ularni bartaraf etish, madaniyat muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, aholi uchun ko‘rsatilayotgan madaniy xizmatlar sifatini yaxshilash hamda qonun talablarining to‘liq ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Slide 1 of 8