Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Uzumzor” mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda soliq ma’muriyatchiligi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
Tadbirkorlik subyektlarida yangi soliq tartiblari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahalliy byudjet daromadlari ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Hududiy dasturlar ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Soliq tizimidagi islohotlar yuzasidan amaliy o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Soliq inspeksiyasida mahalliy byudjet ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
“Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Kulbayev tomonidan tumanning “Dumaloq” mahallasi va avtomobil yo‘li yoqalarida ekologik barqarorlikni ta’minlash, yashil hududlar maydonini kengaytirish hamda aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida tumanda ko‘chat ekish, ularni parvarishlash, yashil hududlarni saqlash va kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi. Mas’ul tashkilotlar va mutasaddilar bilan suhbat o‘tkazilib, joriy yilda ekilishi rejalashtirilgan hamda amalda ekilgan daraxt va buta ko‘chatlari soni, ularning turlari va parvarishlash ishlari yuzasidan ma’lumotlar olindi. Shuningdek, mahalladagi texnikum va korxonalar hududlarida tashkil etilgan yashil maydonlar holati ko‘zdan kechirilib, ko‘chatlarni sug‘orish, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish hamda ularning saqlanib qolish darajasiga alohida e’tibor qaratildi.

🔺O‘rganish jarayonida ayrim hududlarda ekilgan ko‘chatlarni muntazam parvarishlash, sug‘orish tizimini yaxshilash va mas’ullarning nazoratini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida belgilangan vazifalarning sifatli va samarali ijrosini ta’minlash, har bir ekilgan ko‘chatning saqlanib qolishi va hududlarning ko‘kalamzorlashtirish darajasini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5