Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Uzumzor” mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda soliq ma’muriyatchiligi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
Tadbirkorlik subyektlarida yangi soliq tartiblari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahalliy byudjet daromadlari ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Hududiy dasturlar ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Soliq tizimidagi islohotlar yuzasidan amaliy o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Soliq inspeksiyasida mahalliy byudjet ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
#Kengash_faoliyati
#Kengash_faoliyati

Toshkent shahar hamda Kogon shahar taraqqiyoti va samarali boshqaruv yo‘lida amaliy hamkorlik

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi delegatsiyasining Kogon shahriga tashrifi doirasida mahalliy Kengash faoliyati, hududiy rivojlanish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda deputatlik korpusining amaliy faoliyati bilan yaqindan tanishildi.


Tashrif davomida fuqarolar manfaatlarini ta’minlash, aholi murojaatlarini tizimli hal etish, parlament nazoratini kuchaytirish va hududlarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar almashildi. Shuningdek, Kogon shahrida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar va ularning natijalari taqdim etildi.

Uchrashuvda davlat va jamiyat boshqaruvida ochiqlik, mas’uliyat va samaradorlik tamoyillarini yanada mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni keng joriy etish hamda hududlar o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur muloqot hududlar taraqqiyoti, aholi farovonligini yuksaltirish va mahalliy vakillik organlari faoliyati samaradorligini oshirish yo‘lidagi ezgu maqsadlarga xizmat qiluvchi muhim amaliy platforma bo‘ldi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 16