Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Uzumzor” mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda soliq ma’muriyatchiligi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
Tadbirkorlik subyektlarida yangi soliq tartiblari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahalliy byudjet daromadlari ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Hududiy dasturlar ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Soliq tizimidagi islohotlar yuzasidan amaliy o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Soliq inspeksiyasida mahalliy byudjet ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
Mahallalardagi ish tizimi nazoratda: "Eskishahar"da faoliyat samaradorligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurovlar shahardagi “Eskishahar” mahallasida bo‘ldilar.

⏺Mas’ullar tashrif davomida mahalla raisi bilan uchrashib, mahalla xodimlarining bugungi kundagi ish faoliyati, fuqarolar bilan ishlash tizimi hamda xizmat ko‘rsatish sifati yuzasidan yaqindan va atroflicha suhbat olib bordilar.

💬 Ushbu o‘rganish va muloqot jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari doirasida tashkil etilmoqda.

💬 Suhbat davomida quyidagi dolzarb masalalarga e’tibor qaratildi:

🟢"Mahalla yettiligi" faoliyati: Mahalladagi mas’ul xodimlarning o‘zaro hamkorligi, aholi muammolarini "xonadonbay" aniqlash va ularni tizimli hal etish choralari;

🟢Ijtimoiy ko‘mak va reyestrlar: "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" va ijtimoiy reyestrda turuvchi ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan yordamlarning manzilliligi hamda sifati;

🟢Deputat va mahalla hamkorligi: Hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish, yo‘l, elektr ta’minoti va boshqa infratuzilma masalalarida deputatlik nazoratini kuchaytirish.

💬"Mahalla — xalq bilan davlatni bog‘laydigan eng yaqin va eng muhim ko‘prikdir. Mahallada faoliyat yuritayotgan har bir xodim o‘z mas’uliyatini chuqur his qilishi, aholining dardu tashvishi bilan yashashi va fuqarolarimizning roziligiga erishishi shart," — deya ta’kidladi Kengash raisi D.Normuradova.

🫥O‘rganish yakunida "Eskishahar" mahallasi faollarining ish samaradorligini yanada oshirish, aholi murojaatlarini tezkor va sifatli hal etish bo‘yicha aniq tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.