Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi maktabda o‘rganildi
янв.21
Deputat tekstil fabrikasi qurilishi bilan tanishdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATINING SAMARADORLIGI O‘RGANILDI.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 24-“Tolbuloq” saylov okrugidan saylangan deputat Uboydullayeva Yulduz Abrorjonovna o‘zi saylangan okrug hududidagi “Fayzobod” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahallada xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishida olib borilayotgan faoliyatni o‘rgandi.O‘rganish
jarayonida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularni hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar olindi.Shuningdek, deputat tomonidan oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.O‘rganish yakunida “Mahalla yettiligi” a’zolari ishtirokida hudud aholisini qiynayotgan dolzarb masalalar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish hamda mavjud muammolarga yechim topish yuzasidan kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
  

Slide 1 of 2