Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi maktabda o‘rganildi
янв.21
Deputat tekstil fabrikasi qurilishi bilan tanishdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILAYOTGAN MASALA YUZASIDAN DEPUTATLIK NAZORATI O‘TKAZILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 20-“Ulug‘bek” saylov okrugidan saylangan deputati Sultonov Azimjon O‘ktam o‘g‘li tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masala
yuzasidan deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.Nazorat jarayonida Parkent tumanidagi 40-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Xususan, maktab qoshida faoliyat yuritayotgan yozgi sog‘lomlashtirish oromgohida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan fan, sport va madaniy-ma’rifiy to‘garaklar faoliyati bilan tanishildi.Shuningdek, ta’lim muassasasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, texnika xavfsizligi talablariga rioya etilishi, sport maydonchalari, stadion hamda sanitariya-gigiyena obyektlarining holati joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. O‘rganish davomida aniqlangan ayrim kamchilik va muammolar yuzasidan navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishida mas’ul tashkilot va muassasa rahbarlariga deputatlik nazorati tartibida tegishli savollar kiritilishi belgilandi.Mazkur o‘rganish natijalari navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilayotgan masalalarni puxta tayyorlash, yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda ta’lim muassasalarida yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
  

Slide 1 of 4