Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi maktabda o‘rganildi
янв.21
Deputat tekstil fabrikasi qurilishi bilan tanishdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI

Xalq vakillari bo‘lgan deputatlar joylarda saylovchilar bilan muntazam muloqot olib borib, aholini qiynayotgan masalalarga amaliy yechim topishda faol ishtirok etmoqda.Jumladan, Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovnaga o‘zi saylangan okrugdagi “Oybek” va “Beshkappa” MFY fuqarolari tomonidan tomorqa yerlarini sug‘orish uchun suv ta’minoti bilan bog‘liq masala yuzasidan murojaat bildirildi.Deputat tomonidan holat joyiga chiqib o‘rganilib, masalani tezkor hal etish maqsadida Parkent tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori T. Salimov tuman Kengashiga taklif etildi. Uchrashuv davomida aholi vakillari ishtirokida muammo atroflicha muhokama qilindi.Mas’ul rahbar tomonidan tomorqa uchun suv yetkazib beriladigan tarmoqning boshlanish joyiga yangi quvur o‘rnatish ishlari olib borilayotgani, ikki kun ichida suv ta’minoti tiklanishi ma’lum qilindi.Natijada aholi uchun noqulaylik tug‘dirayotgan masala deputat tashabbusi va mutasaddi tashkilotlar hamkorligida ijobiy hal etildi. Bu esa xalq vakillarining hududdagi muammolarni bartaraf etishdagi amaliy faoliyatidan yana bir namunadir.  

Slide 1 of 6