Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Uzumzor” mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda soliq ma’muriyatchiligi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
Tadbirkorlik subyektlarida yangi soliq tartiblari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahalliy byudjet daromadlari ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Hududiy dasturlar ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Soliq tizimidagi islohotlar yuzasidan amaliy o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Soliq inspeksiyasida mahalliy byudjet ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
Mahalladagi infratuzilmaviy holat o‘rganildi.

 Mahalladagi infratuzilmaviy holat o‘rganildi.

Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining 12-Nizomiddin Zokirov saylov okrugi deputati Sidiqova Marhabo Ergashevna tomonidan “Damariq” mahallasida hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish va aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.

️ O‘rganish davomida maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati ko‘zdan kechirilib, sanitariya-tozalik ishlarini yanada kuchaytirish, chiqindilarni belgilangan muddatlarda olib chiqishni ta’minlash hamda hududning ekologik holatini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahalla ichki ko‘cha yo‘llarining holati ham joyiga chiqib o‘rganilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, yo‘llarning sifati va fuqarolar uchun harakatlanish qulayligini yaxshilash bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

O‘rganish jarayonida mahalla fuqarolari bilan muloqot qilinib, ularni qiynab kelayotgan muammolar, murojaatlar va takliflar tinglandi hamda masalalarni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlardagi muammolarni joyida o‘rganish, aholi murojaatlariga amaliy yechim topish va mahallalarda obod hamda qulay muhit yaratishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4