Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Uzumzor” mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda soliq ma’muriyatchiligi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
Tadbirkorlik subyektlarida yangi soliq tartiblari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahalliy byudjet daromadlari ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Hududiy dasturlar ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Soliq tizimidagi islohotlar yuzasidan amaliy o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Soliq inspeksiyasida mahalliy byudjet ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
🏫#24_tavsiya

🏫#24_tavsiya

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 16-Zang saylov okrugi deputati Qulliyev Ergash hamda tuman Kengashi raisi Qo'zimurodov Abdisalom Javliyevich tomonidan 24-tavsiya ijrosi yuzasidan amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayoni 18-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilarning jismoniy va aqliy rivojlanishini ta’minlash, ularni sportga keng jalb etish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.


Xususan, maktabda shaxmat-shashka, voleybol hamda basketbol sport turlari bo‘yicha yaratilgan sharoitlar va o‘quvchilarning ushbu yo‘nalishlardagi ishtiroki ko‘zdan kechirildi. Sport mashg‘ulotlari orqali bolalarda sog‘lom turmush tarzi, jamoaviylik va intizom kabi muhim fazilatlar shakllanayotgani e’tirof etildi.


Shuningdek, deputat tomonidan maktabda tashkil etilgan yo‘l harakati xavfsizligi xonasi faoliyati ham o‘rganildi. Mazkur xonada bolajonlarga yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish, harakat xavfsizligini ta’minlash va turli xavfli holatlarning oldini olish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalar berilayotgani alohida ahamiyat kasb etadi.


Bunday tashabbus va sharoitlar yosh avlodni har tomonlama barkamol, bilimli hamda sog‘lom etib tarbiyalashga xizmat qilishi bilan muhimdir. Deputatlar tomonidan bu kabi amaliy ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1