Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Uzumzor” mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda soliq ma’muriyatchiligi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
Tadbirkorlik subyektlarida yangi soliq tartiblari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahalliy byudjet daromadlari ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Hududiy dasturlar ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Soliq tizimidagi islohotlar yuzasidan amaliy o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Soliq inspeksiyasida mahalliy byudjet ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiya ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati Normuratova Inobat Qodirovna tomonidan Olmazor tumani Hazrati Imom mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.

Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiya ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati Normuratova Inobat Qodirovna tomonidan Olmazor tumani Hazrati Imom mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.

Tashrif davomida mahalladagi yoshlar yetakchisining faoliyati atroflicha o‘rganilib, yoshlar bilan ishlash tizimi, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish hamda “Yoshlar daftari” bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

Shuningdek, yoshlar yetakchisi tomonidan o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy, sport va madaniy tadbirlarning samaradorligi, ishga muhtoj va ijtimoiy himoyaga ehtiyoji bo‘lgan yoshlar bilan individual ishlash holati yuzasidan fikr almashildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va yoshlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi.

Deputat tomonidan yoshlarning doimiy bandligini ta’minlash, ularni bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasbiy o‘quv kurslariga jalb etish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mas’ullarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Uchrashuv yakunida mahallada yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, ularning muammolarini tizimli hal etish va kelgusida belgilangan vazifalar ijrosini muntazam monitoring qilib borish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Slide 1 of 7