Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Uzumzor” mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda soliq ma’muriyatchiligi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
Tadbirkorlik subyektlarida yangi soliq tartiblari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahalliy byudjet daromadlari ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Hududiy dasturlar ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Soliq tizimidagi islohotlar yuzasidan amaliy o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Soliq inspeksiyasida mahalliy byudjet ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
Shu oyda sessiyaga kiritiladigan masala –Tuman Tibbiyot birlashmasi faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari Kim Marina Melisovna hamda Xidiyatulina Rima Rashitovna Chilonzor tumani Tibbiyot birlashmasi faoliyatini o'rgandilar.

O‘rganish jarayonida deputatlar birlashmaning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini tashkil etish holati, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishdilar.

Shuningdek, sog‘liqni saqlash muassasalari faoliyatining samaradorligini oshirish, aholining sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmatlardan foydalanishini ta’minlash hamda tizimdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul rahbarlar ma'lumot berdilar.

Deputatlar tomonidan o‘rganish natijalari asosida navbatdagi sessiyada muhokama qilinadigan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, sog‘liqni saqlash sohasidagi muammolarni hal etishga qaratilgan amaliy choralarni belgilash yuzasidan tavsiyalar berildi.

Mazkur tashrif deputatlik nazoratini kuchaytirish, ijro organlari faoliyatining ochiqligi va samaradorligini ta’minlash hamda aholini qiynayotgan masalalarni joyida o‘rganish orqali ularning yechimiga ko‘maklashishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 8