Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Uzumzor” mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda soliq ma’muriyatchiligi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
Tadbirkorlik subyektlarida yangi soliq tartiblari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahalliy byudjet daromadlari ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Hududiy dasturlar ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Soliq tizimidagi islohotlar yuzasidan amaliy o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Soliq inspeksiyasida mahalliy byudjet ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🔷 Maktabgacha ta’lim muassasasidagi sharoitlar o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputatlari M. Madarqulov, L. Hakimova, N. Saidova hamda S. Abdulaxatovalar tomonidan Sherobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi, “Buyuk ipak yo‘li” mahallasi hududida joylashgan 2-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.

👶 O‘rganish jarayonida muassasaning bugungi faoliyati, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanganlik darajasi, sanitariya-gigiyena holati hamda ta’lim-tarbiya jarayonlarining tashkil etilishi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

📋 Shuningdek, muassasa faoliyatida uchrayotgan ayrim kamchilik va muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ul mutasaddilarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

🤝 Deputatlar tomonidan maktabgacha ta’lim sifatini yanada oshirish, bolalarning har tomonlama kamol topishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, xavfsiz va qulay muhitni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Deputatlik nazorati doirasida amalga oshirilayotgan bunday o‘rganishlar hududlarda ijtimoiy soha rivojini ta’minlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish hamda aholining ehtiyojlariga tezkor javob berishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 6