Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Uzumzor” mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda soliq ma’muriyatchiligi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
Tadbirkorlik subyektlarida yangi soliq tartiblari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahalliy byudjet daromadlari ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Hududiy dasturlar ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Soliq tizimidagi islohotlar yuzasidan amaliy o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Soliq inspeksiyasida mahalliy byudjet ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
Muammo borki, yechim bor: Deputatlar "Yangi kuch" mahallasida

Muammo borki, yechim bor: Deputatlar "Yangi kuch" mahallasida

Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak, degan ezgu tamoyil tumanimizda amaliy ifodasini topmoqda.

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi D.Safarova va kotibiyat mudiri Oʻ.Rajabov navbatdagi ish kunini “Yangi kuch” mahallasi ahlini qiynayotgan masalalarni oʻrganishdan boshlashdi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir murojaat ortida inson taqdiri, oilalar farovonligi turibdi. Shu bois masʼullar kabinetda oʻtirib emas, bevosita hududga chiqib, muammolarni oʻz koʻzi bilan koʻrishni maʼqul topishdi.

Ochiq va samimiy ruhda oʻtgan muloqotlarda yoʻllar, kommunal tizim va ijtimoiy koʻmakka muhtoj fuqarolarning murojaatlari birma-bir tahlil qilindi.

Oʻrganish natijalari tuman Kengashining navbatdagi sessiyalari va doimiy komissiya yigʻilishlarida ham muhokama qilinishi hamda qatʼiy nazoratga olinishi belgilandi.