Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Uzumzor” mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda soliq ma’muriyatchiligi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
Tadbirkorlik subyektlarida yangi soliq tartiblari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahalliy byudjet daromadlari ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Hududiy dasturlar ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Soliq tizimidagi islohotlar yuzasidan amaliy o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Soliq inspeksiyasida mahalliy byudjet ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova va kotibiyat mudiri Oʻ.Rajabov yoshlar bandligini taʼminlash choralarini oʻrgandilar

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova va kotibiyat mudiri Oʻ.Rajabov yoshlar bandligini taʼminlash choralarini oʻrgandilar

Uzun tumanida yoshlarning bandligini taʼminlash va ularni daromad manbai bilan band qilish masalalari deputatlar diqqat markazida.

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova, Kengash kotibiyati mudiri Oʻ.Rajabov hamda hududiy deputatlar hamkorligida yoshlarga takroriy ekin ekish uchun yer maydonlari ajratish borasida joylarda oʻrganish ishlari olib borildi.

Oʻrganish davomida asosiy eʼtibor quyidagilarga qaratildi:
Ehtiyojmand yoshlarni qoʻllab-quvvatlash: Dehqonchilik qilish istagida boʻlgan ishsiz yoshlarning roʻyxati va takliflari tahlil qilindi.

Yer maydonlari va suv taʼminoti: Gʻalladan boʻshagan yerlarning holati, unumdorligi va takroriy ekinlar uchun suv bilan taʼminlanganlik darajasi koʻzdan kechirildi.

Shaffof taqsimot: Yer maydonlarini yoshlarga adolatli va shaffof usulda ajratish choralari belgilandi