Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Uzumzor” mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda soliq ma’muriyatchiligi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
Tadbirkorlik subyektlarida yangi soliq tartiblari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahalliy byudjet daromadlari ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Hududiy dasturlar ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Soliq tizimidagi islohotlar yuzasidan amaliy o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Soliq inspeksiyasida mahalliy byudjet ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
Yoshlar siyosati amalda: “Qorasaroy” mahallasida DXX kubogi final bosqichi o‘tkazildi
Yoshlar siyosati amalda: “Qorasaroy” mahallasida DXX kubogi final bosqichi o‘tkazildi

🏆 Olmazor tumanining “Qorasaroy” mahallasida “DXX kubogi” doirasida tashkil etilgan futbol musobaqalarining final bosqichi hamda g‘oliblarni taqdirlash marosimi ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Olmazor tumani hokimi K.Tulyaganov, xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputatlari, yoshlar yetakchilari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

📢 Musobaqa davomida jamoalar g‘alaba uchun murosasiz kurash olib borib, o‘zlarining sport mahorati va jamoaviy hamjihatligini namoyish etdilar. Ta’kidlash joizki, yoshlar o‘rtasida sport, ma’naviy-ma’rifiy va intellektual tadbirlarni tashkil etish masalalari xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 2026-yil 26-maydagi III-29-48-14-197-K/26-sonli qarori bilan qo‘llab-quvvatlangan. Ushbu qarorga muvofiq, yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil
etish ularni “Besh tashabbus olimpiadasi” loyihalariga qamrab olish, kasb-hunarga o‘rgatish, bandligini ta’minlash, ijtimoiy faolligini oshirish, vatanparlik
ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual jihatdan kamol topishi va ma'naviy rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan yoshlar festivali va tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirish uchun “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish belgilangan.

⚡️ Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, futbol sport turini yanada ommalashtirish, iste’dodli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahallalarda sportga bo‘lgan qiziqishni oshirishdan iborat bo‘ldi.

Qizg'in bellashuv natijalari:

⚽️ Futbol
🥇 1-o‘rin — “Xislat” MFY
🥈 2-o‘rin — “Chimboy” MFY
🥉 3-o‘rin — “Paxta” MFY

⚽️ Mini futbol
🥇 1-o‘rin — “Yangi Toshkent” MFY
🥈 2-o‘rin — “Gulsaroy” MFY
🥉 3-o‘rin — “Ahil” MFY

⚽️ Qizlar o‘rtasidagi mini futbol
🥇 1-o‘rin — “Eski shahar” MFY
🥈 2-o‘rin — “Istiqbol” MFY
🥉 3-o‘rin — “Jiydali” MFY

🎉 Final uchrashuvlaridan so‘ng g‘olib va sovrindorlarni tantanali taqdirlash marosimi hamda konsert dasturi bo‘lib o‘tdi va sovrindorlarga kubok, medal, diplom hamda esdalik sovg‘alarini topshirildi.

👏 Musobaqa ishtirokchilari va g‘oliblarini samimiy muborakbod etamiz!
Slide 1 of 9