Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Uzumzor” mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda soliq ma’muriyatchiligi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
Tadbirkorlik subyektlarida yangi soliq tartiblari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahalliy byudjet daromadlari ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Hududiy dasturlar ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Soliq tizimidagi islohotlar yuzasidan amaliy o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Soliq inspeksiyasida mahalliy byudjet ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
Kengash_faoliyati

QALDIRG‘OCH MFYDAGI 5-DMTT FAOLIYATI DEPUTAT E’TIBORIDA

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati I. Xalmatov va N.Allamuratova Qaldirg‘och mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 5-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldi.

✅Tashrif davomida deputat muassasada yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining sifati, bolalarning xavfsizligi hamda tarbiyalanuvchilar uchun tashkil etilgan qulay muhit bilan yaqindan tanishdi.

✅Maktabgacha ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar ijrosini o‘rganish jarayonida pedagog xodimlar bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud yutuqlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Shuningdek, ta’lim sifatini yanada oshirish, bolalarning har tomonlama kamol topishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaxshilash yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

✅Deputat tomonidan yosh avlodni bilimli, vatanparvar va barkamol etib tarbiyalashda maktabgacha ta’lim muassasalarining o‘rni beqiyos ekanligi alohida ta’kidlandi.

✅Yurtimiz kelajagi bo‘lgan farzandlarimiz uchun munosib ta’lim va tarbiya muhitini yaratish yo‘lidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 6