Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rgandi
янв.21
Deputat tomonidan xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyaning muhim qarori qabul qilindi
янв.21
MUQIMIY BOG‘IDAGI EKOLOGIK HOLAT VA YASHIL MAYDONLARNI ASRASH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Fuqaro murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi: Mas’ul tashkilotning rasmiy javobi olindi
янв.21
Fuqarolar murojaati deputat nazoratida
янв.21
Deputat saylov okrugida fuqarolar muammolari o‘rganildi
янв.21
Qo‘qon shahrida Ijtimoiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi natijasida mas’ul tashkilotning rasmiy javobi olindi
Deputat tomonidan xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi 27-“G‘oziyog‘liq” saylov okrugi deputati Sh.Rasulova tomonidan “G‘oziyog‘liq” mahallasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida xotin-qizlar faoli Z.Raximovaning xotin-qizlar bilan olib borilayotgan manzilli ishlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish hamda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalladagi xotin-qizlar muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish, “Ayollar daftari” bilan ishlash, kasb-hunarga o‘qitish hamda ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan tadbirlarning samaradorligi muhokama etildi.

Muloqot davomida mavjud muammo va takliflar yuzasidan fikr almashilib, xotin-qizlar faoli faoliyati samaradorligini yanada oshirish hamda mahalladagi xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazoratida davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 1