Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rgandi
янв.21
Deputat tomonidan xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyaning muhim qarori qabul qilindi
янв.21
MUQIMIY BOG‘IDAGI EKOLOGIK HOLAT VA YASHIL MAYDONLARNI ASRASH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Fuqaro murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi: Mas’ul tashkilotning rasmiy javobi olindi
янв.21
Fuqarolar murojaati deputat nazoratida
янв.21
Deputat saylov okrugida fuqarolar muammolari o‘rganildi
янв.21
Qo‘qon shahrida Ijtimoiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi natijasida mas’ul tashkilotning rasmiy javobi olindi
Deputatlik so‘rovi ijrosi: Mas’ul tashkilotning rasmiy javobi olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati B.Usmonov tomonidan fuqarolar murojaati asosida yuborilgan deputatlik so‘rovi yuzasidan Qo‘qon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

Murojaatda Qo‘qon shahar “To‘xtlirg‘on” MFY, Bog‘chachilik ko‘chasi 33-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.Yusupovaning xonadonini ta’mirlash masalasi ko‘tarilgan edi.

O‘rganishlar natijasida mazkur xonadonda ta’mirlash ishlari “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgani aniqlandi.

Biroq, ajratilishi belgilangan mablag‘larning to‘liq kelib tushmaganligi sababli ta’mirlash ishlari hozircha yakuniga yetkazilmagani ma’lum qilindi.

Ayni paytda xonadonda boshlannishi rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarini to‘liq yakunlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilayotgani bildirildi.

Deputat B.Usmonov tomonidan mazkur masala alohida nazoratga olingan bo‘lib, fuqaro murojaatining ijobiy hal etilishi va ta’mirlash ishlarining yakunlanishi yuzasidan monitoring ishlari davom ettiriladi.

Fuqarolar murojaatlariga e’tibor, ularning muammolariga amaliy yechim topish va deputatlik nazoratini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi