Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rgandi
янв.21
Deputat tomonidan xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyaning muhim qarori qabul qilindi
янв.21
MUQIMIY BOG‘IDAGI EKOLOGIK HOLAT VA YASHIL MAYDONLARNI ASRASH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Fuqaro murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi: Mas’ul tashkilotning rasmiy javobi olindi
янв.21
Fuqarolar murojaati deputat nazoratida
янв.21
Deputat saylov okrugida fuqarolar muammolari o‘rganildi
янв.21
Qo‘qon shahrida Ijtimoiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi natijasida mas’ul tashkilotning rasmiy javobi olindi
ADABIY DO‘STLIK – ABADIY DO‘STLIK

           Mamlakatimizda madaniyat va adabiyot sohasidagi xalqaro aloqalarni mustahkamlash, xalqlar o‘rtasidagi adabiy do‘stlik va madaniy hamkorlik rishtalarini keng targ‘ib qilish maqsadida tizimli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan tashkil etilgan adabiy-madaniy tadbir doirasida Qirg‘iziston va Rossiya Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, xalqaro “TURKSOY” medali hamda “Qirg‘iziston madaniyati a’lochisi” ko‘krak nishoni sohibasi, taniqli ijodkor Nosirova Samara Bakirovnaning o‘zbek va qirg‘iz tillarida chop etilgan “Bug‘doy non hidi” (“Buuday nan jyty”) nomli yangi kitobi taqdimoti Andijon viloyat Bobur kutubxonasida bo‘lib o‘tdi. Mazkur kitob o‘zbek va qirg‘iz xalqlari o‘rtasidagi adabiy do‘stlikning yorqin namunasi bo‘lib, Muqimjon Nurboyev tarjimasi va mas’ul muharrirligida, dizayner Oygul Muhammadjonova tomonidan yuqori did bilan nashrga tayyorlangan. Tadbir xalqaro adabiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, ushbu madaniy voqeani keng jamoatchilikka yetkazish hamda keng yoritish maqsadida tashkil etildi. Unda xalq deputatlari
Jalaquduq tuman Kengashi raisi Sh. Hayitoxunov hamda viloyat Kengashi deputati O. Nosirov ishtirok etdilar.
  

Slide 1 of 4