Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rgandi
янв.21
Deputat tomonidan xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyaning muhim qarori qabul qilindi
янв.21
MUQIMIY BOG‘IDAGI EKOLOGIK HOLAT VA YASHIL MAYDONLARNI ASRASH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Fuqaro murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi: Mas’ul tashkilotning rasmiy javobi olindi
янв.21
Fuqarolar murojaati deputat nazoratida
янв.21
Deputat saylov okrugida fuqarolar muammolari o‘rganildi
янв.21
Qo‘qon shahrida Ijtimoiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi natijasida mas’ul tashkilotning rasmiy javobi olindi
#Vijdonan va yuksak mas’uliyat bilan ishlashga chorlandik

           Kuni kecha Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Administratsiyasi hamda Oliy Majlis Senati xodimlaridan iborat ishchi guruh tashrifi yakunlari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari raislari, kotibiyat mudirlari, deputatlar, doimiy komissiyalar hamda siyosiy partiyalar rahbarlarining faoliyatini ‘rganish natijalari ko‘rib chiqildi. Ishchi guruh tomonidan bildirilgan taklif va xulosalar atroflicha muhokama qilindi. Yig‘ilishga viloyat Kengashi raisi O‘ktamjon Oxunov raislik qildi. Muhokamalar tanqidiy ruhda o‘tkazilib, mavjud
kamchiliklarni bartaraf etish, deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish va aholi muammolarini hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi. Ta’kidlanganidek, xalq ishonchini oqlash, saylovchilar bilan muloqotni kuchaytirish va deputatlik mas’uliyatini yanada oshirish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri
hisoblanadi. Yig‘ilish yakunida barcha ishtirokchilar zimmalariga yuklatilgan vazifalarni vijdonan, fidoyilik va yuksak mas’uliyat bilan bajarishga chorlandi.
 

   

Slide 1 of 3