Mazkur jarayon deputatlik nazorati doirasida tashkil etilib Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati A.Mamatmuratov tashabbusi bilan izchil davom ettirilmoqda.
Amalga oshirilayotgan ishlar doirasida mahalla ichki yo‘llarini tartibga keltirish, ko‘chalarni obodonlashtirish, yashil hududlarni kengaytirish, daraxt va manzarali ko‘chatlar ekish va yangilash ishlari rejalashtirilgan.
Hudud aholisi bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, ularning taklif va mulohazalari inobatga olinmoqda. Obodonlashtirish ishlari mahalla fuqarolari uchun qulay va xavfsiz shart-sharoitlar yaratish, hududning ekologik holatini yaxshilash hamda aholi turmush darajasini yanada oshirishga xizmat qiladi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati