Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Madad” nodavlat notijorat tashkiloti faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Oqjar” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
"Yangiobod" mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Tuman Kengashi doimiy komissiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
YOSHLAR BANDLIGI MASALALARI YUZASIDAN OCHIQ MULOQOT

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Tadjieva Muhabbat Haydaraliyevna tomonidan saylov okrugida yoshlar bandligini ta’minlash, ularning muammolarini o‘rganish va mavjud masalalarga yechim topish maqsadida uchrashuv tashkil etildi. Unda tuman hokimligi bo‘limlari mas’ullari hamda yoshlar ishtirok etdi.

Ochiq muloqot davomida yoshlarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni ish bilan ta’minlash, zamonaviy kasb-hunarlarni egallash, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, yoshlarni qiynayotgan masalalarni hal etishda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, ularning kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va mehnat bozorida munosib o‘rin egallashlariga ko‘maklashish yuzasidan fikr almashildi.

Deputat yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bandlik masalalariga amaliy yechim topish hamda ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishda davlat tashkilotlari va mahalla hamkorligining muhimligini ta’kidladi.

Mazkur uchrashuv yoshlar bilan bevosita muloqot o‘rnatish, ularning ehtiyojlarini aniqlash va bandlikka oid masalalarni hal etish bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4