Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” nodavlat notijorat tashkiloti faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Oqjar” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
"Yangiobod" mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Tuman Kengashi doimiy komissiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tuman «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazida o'rganish ishlari olib borildi
ONA TILIMIZ — MILLIY O‘ZLIGIMIZ TIMSOLI

📚 ONA TILIMIZ — MILLIY O‘ZLIGIMIZ TIMSOLI

21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan Paxtakor tumanida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining deputati Z. Shodmonov hamda ekspert guruhi a’zosi I.Xoliqovham ishtirok etdilar.

Tadbir davomida iste’dodli yoshlar, san’atkorlar va ijodkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, she’rlar hamda badiiy chiqishlar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Ijodiy chiqishlarda ona tilimizning jozibasi, boyligi va milliy qadriyatlarimizni ifodalashdagi beqiyos o‘rni tarannum etildi.

Tadbirda ona tili milliy o‘zligimiz, tarixiy xotiramiz, ma’naviyatimiz va g‘ururimiz timsoli ekani alohida ta’kidlandi. Shuningdek, o‘zbek tilining nufuzini oshirish, uni asrab-avaylash va kelajak avlodlarga sof holda yetkazish har birimizning burchimiz ekanligi qayd etildi.

Slide 1 of 9