Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Madad” nodavlat notijorat tashkiloti faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Oqjar” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Yangiobod" mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Tuman Kengashi doimiy komissiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
Chinoz tumanida ochiq muloqot: Aholi murojaatlari joyida hal etilmoqda.



Xalq deputatlari Chinoz tuman Kengashi kotibiyat mudiri Asqar Baxramov Xalq qabulxonasi binosida aholi murojaatlarini o‘rganish va hal etish maqsadida navbatdagi qabulni o‘tkazdi.

Qabulda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Toshkent viloyati Chinoz tumani bo‘limi boshlig‘i Nasiba Qoraboyeva, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i V. Mansurova hamda tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi. Bu esa murojaatlarni tezkor va samarali hal etish imkonini berdi.

Fuqarolarning murojaatlari asosan uy-joy, bandlik, kadastr, tabiiy gaz va ichimlik suvi ta’minoti, shuningdek sog‘liqni tiklash va oilaviy nizolar bilan bog‘liq masalalardan iborat bo‘ldi.

Qabul davomida murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi, qolganlari esa mas’ul tashkilot rahbarlariga ijrosini ta’minlash uchun topshiriq tarzida yuborildi. Ayrim fuqarolarga esa huquqiy maslahatlar berildi.

Slide 1 of 4