Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Madad” nodavlat notijorat tashkiloti faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Oqjar” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
"Yangiobod" mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Tuman Kengashi doimiy komissiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
📌 MAHALLADA IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATISH VA EHTIYOJMAND OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH HOLATI O‘RGANILDI

📌 MAHALLADA IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATISH VA EHTIYOJMAND OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH HOLATI O‘RGANILDI
🏛 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining ish rejasiga muvofiq, 7-Chinoz saylov okrugidan saylangan deputat M. Mamatqulovga biriktirilgan Kengash kotibiyati mudiri A. Baxromov tomonidan “Markaziy” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎 O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy xodim Z. To‘laganova tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga sifatli xizmat ko‘rsatish, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash, shuningdek, fuqarolarning ijtimoiy muammolarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
💳 Aholi bandligini ta’minlash borasida ham muayyan ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, 4 nafar fuqaroga imtiyozli kredit olishda amaliy yordam ko‘rsatilgan bo‘lsa, yana 6 nafar fuqaroning doimiy bandligi ta’minlangan.
🤝 O‘rganish jarayonida ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarning ehtiyojlarini to‘g‘ri baholash, ularga belgilangan ijtimoiy xizmat va yordamlarni o‘z vaqtida ko‘rsatish, shuningdek, bandligini ta’minlash orqali daromad manbalarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
♻️ Shuningdek, ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish, reyestrga kiritilgan oilalarning turmush sharoitini yaxshilash, ularni kambag‘allikdan chiqarish va mustaqil daromad topish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan individual ishlashni kuchaytirish, bandlik imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish vazifalari belgilab olindi.