Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Madad” nodavlat notijorat tashkiloti faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Oqjar” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Yangiobod" mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Tuman Kengashi doimiy komissiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati G.Payg'amova tomonidan fuqaro D. Komilovaning xonadonini ta’mirlash va unga ijtimoiy yordam ko‘rsatish masalasida yuborilgan deputatlik so‘roviga Qo‘qon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori J. D. Mirzayev tomonidan rasmiy javob xati taqdim etildi.

Deputatlik so‘rovi asosida “Yangi obod” MFY, A. T. Xo‘qandiy mavzesi, 110-uy, 40-xonadonda voyaga yetgan bir nafar farzandi bilan istiqomat qiluvchi, yolg‘iz ona, ijtimoiy reyestrda turuvchi va nogironligi bo‘lgan fuqaro Komilova Dilshodahon Xasanovnaning yashash sharoiti hamda ta’mirtalab xonadonini ta’mirlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar o‘rganib chiqildi.

Rasmiy javobga ko‘ra, fuqaroning murojaati asosida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan uy-joyni ta’mirlash uchun ariza shakllantirilgan. Mazkur ariza mahalla yettiligining kollegial qarori bilan ma’qullanib, ta’mirlash ishlari uchun 10 million 300 ming so‘m mablag‘ ajratilgan.

Hozirgi kunda xonadonda ta’mirlash ishlari yakunlanish arafasida. Fuqaroning ehtiyojlaridan kelib chiqib, xonadonga 1 dona tashqi eshik, 7 dona ichki eshik va 1 dona AKFA rom o‘rnatilgan. Shuningdek, jami 20 million 600 ming so‘mlik ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan.

Bundan tashqari, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan fuqaroga 412 ming so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ham yetkazib berilgan.

Mazkur masala deputat nazoratida bo‘lib, ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash hamda xonadondagi ta’mirlash ishlarini to‘liq yakunlash bo‘yicha amaliy ishlar davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi