Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangiobod» mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Istara» mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
«Do‘stlik» mahallasida yangi tadbirkorlik loyihasi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar ma’naviy tarbiyasi yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan o'rganish olib borildi
янв.21
Xotin-qizlar tadbirkorligi va kasb-hunarga o‘qitish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yangiobod mahallasidagi OShP faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangikent» mahallasidagi baliqchilik ko‘li hududi rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganildi
Ozod mahallasida yog‘och tayanch ustunlarni temir-beton tayanch ustunlarga almashtirish masalasi o‘rganildi

Ozod mahallasida yog‘och tayanch ustunlarni temir-beton tayanch ustunlarga almashtirish masalasi o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasining "Elektr energetikasi to‘g‘risida"gi Qonuni hamda "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi Qonuni talablaridan kelib chiqib, hududlarda elektr ta'minoti infratuzilmasini modernizatsiya qilish, aholini barqaror va xavfsiz elektr energiyasi bilan ta'minlash yuzasidan deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Nurmatov Namangan shahridagi Ozod mahallasi hududida mavjud yog‘och tayanch ustunlarni zamonaviy temir-beton tayanch ustunlarga almashtirish masalasini joyida o‘rgandi.

O‘rganish davomida elektr uzatish tarmoqlarining texnik holati, foydalanish muddatini o‘tab bo‘lgan yog‘och tayanch ustunlarning holati, ularni bosqichma-bosqich temir-beton tayanch ustunlarga almashtirish zarurati hamda mazkur yo‘nalishda aholi tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar atroflicha tahlil qilindi.

Deputatlik nazorati yakunlari bo‘yicha elektr tarmoqlari infratuzilmasini yanada modernizatsiya qilish, eskirgan tayanch ustunlarni bosqichma-bosqich yangilash, elektr ta'minoti ishonchliligini oshirish hamda fuqarolar uchun xavfsiz va uzluksiz elektr ta'minotini ta'minlash yuzasidan mas'ul tashkilotlarga tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar elektr ta'minoti tizimining barqarorligini mustahkamlash, avariyaviy holatlarning oldini olish hamda aholi turmush sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2