Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangiobod» mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Istara» mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
«Do‘stlik» mahallasida yangi tadbirkorlik loyihasi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar ma’naviy tarbiyasi yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan o'rganish olib borildi
янв.21
Xotin-qizlar tadbirkorligi va kasb-hunarga o‘qitish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yangiobod mahallasidagi OShP faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangikent» mahallasidagi baliqchilik ko‘li hududi rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganildi
Yangiobod mahallasidagi OShP faoliyati o‘rganildi

#Kengash_raisi_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati
#162_ta_Qonun_ijrosi #nazorat_tahlil #24_ta_tavsiya

Yangiobod mahallasidagi OShP faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 5-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputat B.Bo‘tayevaning saylov okrugidagi “Yangiobod” mahallasida tuman Kengashi raisi J.Xudoyqulova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev ishtirokida mahallada joylashgan OShP faoliyati bilan yaqindan tanishilib, tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonlari, bemorlar bilan ishlash tartibi hamda mavjud infratuzilma holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, tibbiy ko‘riklarni tashkil etish hamda aholi salomatligini muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiya” asosida aholiga bepul beriladigan dori-darmonlarning mavjudligi, saqlanishi va fuqarolarga belgilangan tartibda yetkazib berilishi holati ham o‘rganildi.

Bundan tashqari, “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (№265-I, 29.08.1996-y.) ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida OShP faoliyati bo‘yicha tegishli masalalar o‘rganib chiqildi.

O‘rganish jarayonida tibbiy xizmatlar sifati va aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi. Aniqlangan masalalar deputatlik nazorati doirasida tegishli tartibda ko‘rib chiqilishi belgilandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3