#Kengash_raisi_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati #murojaatlar_daftari
#mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik #KQ_35_ijrosi #nazorat_tahlil
«Yangiobod» mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 5-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputat B. Bo‘tayevaning saylov okrugidagi «Yangiobod» mahallasida tuman Kengashi raisi J. Xudoyqulova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi J. Donayev ishtirokida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahallada fuqarolar murojaatlari soni ortib borayotgani inobatga olinib, mahalla yettiligi a’zolarining faoliyati, ular tomonidan aholi muammolarini aniqlash, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Shuningdek, murojaatlar ko‘payishiga sabab bo‘layotgan masalalar, ularni bartaraf etish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar hamda mahalla yettiligi a’zolari o‘rtasidagi hamkorlik holati muhokama qilindi. Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirilib, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish zarurligi ta’kidlandi.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram