Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangiobod» mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Istara» mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
«Do‘stlik» mahallasida yangi tadbirkorlik loyihasi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar ma’naviy tarbiyasi yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan o'rganish olib borildi
янв.21
Xotin-qizlar tadbirkorligi va kasb-hunarga o‘qitish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yangiobod mahallasidagi OShP faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangikent» mahallasidagi baliqchilik ko‘li hududi rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganildi
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida

🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati M. Hojiyeva tomonidan “Navgadi” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan muloqotlar davomida bildirilgan murojaatlar o‘rganildi.
🔺Murojaatlarda hududdagi elektr ta’minoti, xususan, mavjud transformatorni kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazishga tayyorlash, jismonan eskirgan simyog‘ochlarni yangilash hamda havo elektr uzatish liniyalarini belgilangan tartibda qayta montaj qilish masalalari ko‘tarilgan.
🔺Mazkur murojaatlarni joyida o‘rganib, aholining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini barqaror ta’minlash maqsadida deputat tomonidan tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbari O. Usmonov nomiga deputat so‘rovi yuborildi.
🔺Deputat so‘rovida transformatorni joriy ta’mirlash, eskirgan simyog‘ochlarni yangilash hamda havo liniyalarini qayta montaj qilish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish so‘ralgan.
👉Aholi murojaatlari asosida ko‘tarilgan masalaning ijrosi deputatlik nazoratida bo‘ladi.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 2