Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangiobod» mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Istara» mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
«Do‘stlik» mahallasida yangi tadbirkorlik loyihasi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar ma’naviy tarbiyasi yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan o'rganish olib borildi
янв.21
Xotin-qizlar tadbirkorligi va kasb-hunarga o‘qitish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yangiobod mahallasidagi OShP faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangikent» mahallasidagi baliqchilik ko‘li hududi rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganildi
Profilaktika inspektori faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi

Profilaktika inspektori faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N.Ubaydullayev, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputatlari O.Yusupov hamda Zayniddin Xoji-akbar bilan birgalikda "Sumalak guzari" mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan profilaktika inspektorining xizmat faoliyatini joyiga chiqib o‘rgandi.

O‘rganish davomida hududdagi kriminogen vaziyat, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, oilaviy nizolarni barvaqt bartaraf etish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish, jamoat tartibini saqlash hamda mahalla hududida xavfsiz muhitni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi tomonidan tasdiqlangan eng muhim qonunlarni targ‘ib etish rejasi doirasida "Ichki ishlar organlari to‘g‘risida" hamda "Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining mazmun-mohiyati, ularning amaliyotdagi ijrosi va belgilangan vazifalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. 

Mazkur qonunlar talablariga qat’iy rioya etish, profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish hamda aholi bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar bildirildi.

Bundan tashqari, Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining 24 ta ustuvor yo‘nalishi asosida hududdagi jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ayniqsa qizil va sariq toifadagi hududlarda amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, aholi murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish hamda ichki ishlar organlarining mahalla faollari va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikdagi faoliyati o‘rganildi. 

Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish, profilaktik tadbirlar samaradorligini yanada oshirish va jamoat xavfsizligini mustahkamlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, profilaktika inspektori faoliyati samaradorligini oshirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda fuqarolar uchun tinch va osoyishta muhitni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi tomonidan hududlarda qonunlar ijrosini ta’minlash, jamoat xavfsizligini mustahkamlash hamda fuqarolarning tinch va farovon hayotini ta’minlashga qaratilgan o‘rganishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3