Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangiobod» mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Istara» mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
«Do‘stlik» mahallasida yangi tadbirkorlik loyihasi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar ma’naviy tarbiyasi yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan o'rganish olib borildi
янв.21
Xotin-qizlar tadbirkorligi va kasb-hunarga o‘qitish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yangiobod mahallasidagi OShP faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangikent» mahallasidagi baliqchilik ko‘li hududi rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganildi
3-oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi

3-oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining 9-Dashtbog‘ saylov okrugi deputati I.Kamalov tomonidan deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari hamda Kengash tomonidan tasdiqlangan eng muhim qonunlarni o‘rganish taqsimotiga muvofiq 3-oilaviy poliklinika faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi. 

Mazkur o‘rganish deputatlar faoliyatining 24 ta ustuvor yo‘nalishidan 2-band – aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati hamda 9-band – bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati doirasida tashkil etildi.

O‘rganish davomida muassasada aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish sifati, shifokorlar qabuli, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi, bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati, dori vositalarining zaxirasi va hisobini yuritish, tibbiy hujjatlarning belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi hamda tibbiy xizmatlarni tashkil etish holati atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, muassasa faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi hamda “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari talablarining ijrosi, aholiga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatish, imtiyozli toifadagi fuqarolarni bepul dori vositalari bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. 

Mazkur qonunlar Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputatlari tomonidan o‘rganilishi belgilangan eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxatiga kiritilgan.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mas’ul mutasaddilar ishtirokida mavjud holat muhokama qilinib, qonunchilik hujjatlari talablarining so‘zsiz ijrosini ta’minlash, tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini yanada oshirish, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida va qonuniy yechim topish hamda bepul beriladigan dori vositalari bilan uzluksiz ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Deputatlik nazorati doirasida sog‘liqni saqlash muassasalari faoliyatini tizimli ravishda o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va amaldagi qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash yuzasidan nazorat tadbirlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3