Sessiya oldi o‘rganishlari davom etmoqda
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Abdulmajidov tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar yuzasidan sessiya oldi o‘rganishlari olib borildi.
O‘rganish davomida Namangan shahar Markaz elektr tarmoqlari korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Jumladan, korxonada elektr energiyasini uzluksiz va sifatli yetkazib berish, mavjud elektr tarmoqlarining texnik holati, avariya holatlarining oldini olish, iste'molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda murojaatlar bilan ishlash holati o‘rganildi.
Shuningdek, korxona faoliyatini yanada takomillashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Mazkur o‘rganish natijalari Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan masalalarni puxta tayyorlash jarayonida inobatga olinadi.