Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangiobod» mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Istara» mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
«Do‘stlik» mahallasida yangi tadbirkorlik loyihasi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar ma’naviy tarbiyasi yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan o'rganish olib borildi
янв.21
Xotin-qizlar tadbirkorligi va kasb-hunarga o‘qitish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yangiobod mahallasidagi OShP faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangikent» mahallasidagi baliqchilik ko‘li hududi rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganildi
Kunchiqish mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi

Kunchiqish mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 15-Zarkamar saylov okrugidan saylangan deputat A. Xolmo‘minov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Donayev tomonidan deputatning saylov okrugidagi “Kunchiqish” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli hamda “mahalla yettiligi”ning boshqa a’zolari tomonidan hududda aholi muammolarini aniqlash va hal etish, fuqarolar bilan ishlash, bandlikni ta’minlash, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahallani rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar olindi.

Shuningdek, mahalladagi mavjud muammolar va ularni hal etish bo‘yicha takliflar o‘rganilib, aniqlangan masalalarni tuman Kengashi deputatining “mahalla yettiligi” bilan hamkorligi doirasida ko‘rib chiqish hamda tegishli takliflarni shakllantirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarorida belgilangan mahalliy Kengash deputatlarining “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligi doirasida amalga oshirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 1