Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangiobod» mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Istara» mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
«Do‘stlik» mahallasida yangi tadbirkorlik loyihasi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar ma’naviy tarbiyasi yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan o'rganish olib borildi
янв.21
Xotin-qizlar tadbirkorligi va kasb-hunarga o‘qitish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yangiobod mahallasidagi OShP faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangikent» mahallasidagi baliqchilik ko‘li hududi rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganildi
“Deputatlik minbari” loyihasi doirasida jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi

Deputatlik minbari” loyihasi doirasida jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi tomonidan “Deputatlik minbari” loyihasi doirasida jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi.

Unda budjet mablag‘larining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida 2026-yilning 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Namangan shahar Davlat soliq inspeksiyasi hamda shahar moliya bo‘limi rahbarlarining hisobotlari eshitildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan aholiga transport xizmati ko‘rsatish va shahar avtobuslarida yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qarori ijrosi yuzasidan shahar transport sohasiga mas’ul mutasaddilar tomonidan axborot berildi.

Yig‘ilishda aholiga qulay, xavfsiz va sifatli transport xizmatlarini ko‘rsatish darajasi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari atroflicha muhokama qilindi.

Yakunda mas’ul tashkilotlarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
 

Slide 1 of 3