Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangiobod» mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Istara» mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
«Do‘stlik» mahallasida yangi tadbirkorlik loyihasi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar ma’naviy tarbiyasi yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan o'rganish olib borildi
янв.21
Xotin-qizlar tadbirkorligi va kasb-hunarga o‘qitish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yangiobod mahallasidagi OShP faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangikent» mahallasidagi baliqchilik ko‘li hududi rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganildi
Yoshlar – kelajak bunyodkorlari: sportchilar bilan ochiq muloqot

Yoshlar – kelajak bunyodkorlari: sportchilar bilan ochiq muloqot

Namangan shahar Kengashi deputati, shahar hokimi Ayubxon Kamolov “Yoshlar kuni” munosabati bilan shahrimizdagi iqtidorli yosh sportchilar bilan samimiy va ochiq ruhda uchrashuv o‘tkazdi. Mazkur muloqot davomida mamlakatimizda sport sohasini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda tizimli islohotlarning mazmun-mohiyati haqida batafsil fikr yuritildi.

Uchrashuv ayniqsa yoshlar uchun muhim platformaga aylandi — ular o‘z taklif, tashabbus va muammolarini bevosita yetkazish imkoniga ega bo‘ldilar. Sport infratuzilmasini yaxshilash, musobaqalar sonini ko‘paytirish, iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash kabi masalalar yuzasidan bildirilgan murojaatlar alohida e’tibor bilan tinglandi.

Shahar Kengashi deputati, hokim tomonidan ko‘tarilgan har bir masala yuzasidan aniq vazifalar belgilab berilib, tegishli mutasaddilarga ularni qisqa muddatlarda ijobiy hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Bu esa yoshlarning davlat siyosatida tutgan o‘rni va ularga bo‘lgan ishonchning yana bir yorqin ifodasidir.

Mazkur uchrashuv nafaqat sportchilarni ruhlantirdi, balki ularni yanada katta marralar sari intilish, yurtimiz sha’nini munosib himoya qilishga da’vat etuvchi muhim voqea bo‘lib xizmat qildi.

Slide 1 of 4