Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Mustaqillik» mahallasida «Yangi O‘zbekiston qiyofasi» yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o'rganildi
янв.21
«Mustaqillik» mahallasidagi 14-sonli MTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Kengash raisi va doimiy komissiyalar raislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
40-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
⚡️ Deputat so‘rovining ijobiy natijasi
янв.21
«Zarbdor» mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyati
янв.21
Sport zalining qurib bitkazilishi va foydalanishga topshirilishi o‘rganildi
Tuzbozor mahallasida ichimlik suvi ta’minoti masalasi o‘rganildi

 Tuzbozor mahallasida ichimlik suvi ta’minoti masalasi o‘rganildi

🏘 Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashining 22-“Tuzbozor” saylov okrugidan saylangan deputati Saidov Husniddin Sirojiddinovich tomonidan Tuzbozor mahallasida yashovchi bir guruh fuqarolarning murojaati o‘rganildi. Mazkur murojaat asosida 2026 yil 28 sentyabrda 119-ds-398-26-sonli deputat so‘rovi rasmiylashtirildi.

🚰 Murojaatda mahallaning “Navoiy” ko‘chasida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlab kelayotgan suv quvurlari yaroqsiz holga kelib qolgani, quvurlardan suv sizib chiqishi natijasida ko‘cha yo‘llarining holati ham yomonlashayotgani bildirilgan.

📋 Aniqlangan muammoni bartaraf etish maqsadida deputat tomonidan Boysun tumani hokimining o‘rinbosari O.Azizovga hamda “Surxondaryo suv ta’minoti” AJ Boysun tumani filiali boshlig‘i B.Qaxhorovga deputatlik so‘rovi yuborildi.

🔧 So‘rovda “Navoiy” ko‘chasidagi yaroqsiz va ta’mirtalab ichimlik suvi quvurlarini o‘rganish, zarur hollarda ularni ta’mirlash yoki yangisiga almashtirish hamda aholini uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash choralarini ko‘rish so‘ralgan. Shuningdek, muammoni joyiga chiqqan holda o‘rganib, amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida belgilangan tartibda ma’lumot taqdim etish belgilangan.

🤝 Mazkur ishlarda asosiy e’tibor aholi murojaatini joyiga chiqqan holda o‘rganish, mavjud muammoni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va fuqarolar uchun barqaror ichimlik suvi ta’minotini ta’minlashga qaratilmoqda.

Slide 1 of 1